Futbol

Artyom Filiposyan: “O’zbek klublaridan takliflar bor”

21

Tajribali himoyachiga Superliganing bir qator klublari qiziqmoqda. Batafsil javob olish maqsadida Filiposyan bilan intervyu tashkil qildik.

– Birinchi galda Tailand chempionatidagi faoliyatingiz haqida ikki og’iz fikr bildirsangiz…
– Taasurotlar yaxshi. SHaroitlar, stadionlar, muhlislar bari ajoyib. “Prachuap”da bir yil o’ynadim, barcha uchrashuvlarda maydonga tushdim. Jamoam bilan mamlakat kubogini yutdik. Yaratganga shukur men uchun hammasi ijobiy tugadi.

– Tailand chempionatini O’zbekiston Superligasidan ustun jihatini sezdingizmi? Kuchli tomonlarini ko’ra oldingizmi?
– Men Tailand chempionatini kuchsiz demagan bo’lardim. SHaroitlar bo’yicha ular ustunroq, shuni bemalol ayta olaman. SHuningdek, chempionlik uchun juda ko’p jamoalar kurash olib boradi. O’zbekistonda 3 yoki 4 jamoada yaxshi sharoitlar bor. U erda esa barcha klublarda. SHaxsan men Tailandda kamchiliklarni ko’rmadim. Faqat futbol haqida o’ylash kerakligini tushundim.

– Faoliyatingizni xorijda davom ettirasizmi yoki O’zbekiston chempionatida?
– Hozircha “Prachuap” bilan shartnomam tugadi. O’zimizdan uch,to’rtta klublardan takliflar kelib tushyapti. Yangi yildan keyin hammasi aniq bo’ladi.

– Eshitshimizga qaraganda “Sug’diyona” jiddiy qiziqish bildirayotgan ekan…
– Takliflar bor. Qolgani sir bo’la qolsin. Nima bo’lishini vaqt ko’rsatadi.

– O’zbekiston chempionatini bahslarini kuzatib bordingizmi? Sizda Superliga 2019 qanday taassurot qoldirdi?
– Garchi uzoqda bo’lsamda, har bir turni ko’rishga harakat qildim. Bu yil “Paxtakor” kuchliligi yaqqol sezildi.Bejiz ular uchta sovrinni o’ziniki qilishmadi. Afsus,qolgan klublar raqobatda yutqazishdi. Misol uchun Tailandda chempionlik uchun kurash oxirgi turgacha kechdi. Intriga qiziqarli bo’ldi.

– 2015 yil “Bunyodkor”ga qaytdingiz. Lekin nima uchundir birinchi davradayoq jamoani tark etdingiz. Bunga murabbiy bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo’lganmi?
– Agar, 2015 yilni eslasangiz mavsum boshidagi uchrashuvlarda asosiy tarkibdan joy oldim. OCHLda guruhdan chiqa olmadik. Ushanda bosh murabbiy Sergey Lushchan edi. To’g’risi, keyin nega unday bo’lganiga ishonish qiyin. Balki, murabbiy yoshlarni o’ynatishni maqul ko’rgandir. Nima bo’lgan taqdirda ham men hech qachon hafa bo’lmaganman. CHunki, bu-futbol. Fut bolchi hamma narsaga tayyor bo’lishi kerak. Men Lushchandan minnatdorman. Murabbiyni ishiga aralashish meni vakolatimga kirmaydi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish