«Barselona» Ronald Kuman iste’foga chiqqanidan keyin Xavini bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi. Matbuotda Kataloniya klubi Qatarning «As-Sadd» klubiga Xavi uchun 1 million yevro tovon puli to‘lashi kerakligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Biroq Catalunya Radio nashri «As-Sadd» yosh murabbiyni tovon pulisiz qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, klub oldiga bir shart qo‘yilgan – Xavi jamoada «Laxviya» klubiga qarshi muhim o‘yingacha qolishi kerak.
Qayd etilishicha, «As-Sadd» bitimga yana bir shart qo‘yishi mumkin.YA’ni, bu shart kelajakda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuv bo‘lishi mumkin.