«As-Sadd» bosh murabbiyi Xavi Ernandesni «Barselona»ga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq Qatar klubi rahbariyatining bir sharti bor. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
«As-Sadda» rahbarlari «Barselona» bilan o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilmoqchi. Ularning fikricha, Xavining bunday ketishi chiroyli va esda qolarli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Barselona» Ronald Kumanni iste’foga chiqargan edi. Tez orada Xavining tayinlanishi kutilmoqda.