Boks/MMA

Asli kelib chiqishi chechenistonlik, bir necha yildan beri SHveciya sharafini himoya qilib kelayotgan Xamzat CHimaevning jang sanasi malum qilindi.

28

CHimaev UFC promoshenida yarim o’rta va o’rta vazn toifalarida o’z janglarini o’tkazib kelmoqda. Xamzatning britaniyalik Leon Edvardsga qarshi jangi ikki bor kechiktirilgan edi. UFC prezidenti Dena Uayt bu haqida xabar berdi. 

CHimaev Toshkent vaqti bilan 14 mart kuni tong saharda Fight Night turniri doirasida Edvardsga qarshi oktagonga ko’tariladi. Aslida bu jang 19 dekabr kuni o’tkazilishi kerak edi. Edvardsda koronavirus aniqlangach, bu jang 20 yanvarga qoldirildi. Keyin esa CHimaevda ham koronavirus tasdiqlandi.

Fikr bildirish