Futbol

ATP turida koronavirus infektsiyasining birinchi holati aniqlandi

31

Braziliyalik tennischi Tiago Seybot Uayld COVID-19 koronavirusini yuqtirdi. U ushbu tashxis bilan o’z sportining birinchi taniqli vakili bo’ldi.
«So’nggi haftani yolg’iz qolib, shifokor tavsiyalariga amal qildim va o’zimni parvarish qildim. Yana bir bor hammaga eslatib o’tmoqchimanki, biz uyda bo’lishimiz va yaqinlarimizga g’amxo’rlik qilishimiz kerak – bu virus tarqalishiga to’sqinlik qilishi mumkin “, dedi Uayld Twitterdagi videomurojaatida.
Eslatib o’tamiz, fevral oyida 20 yoshli Uayld Santyagodagi musobaqada g’olib bo’ldi. Ushbu g’alaba uning ATP turnirlaridagi birinchi g’alabasi edi.14

Fikr bildirish