Futbol

Avstraliya chempionati koronavirus tufayli to’xtatildi

72

24 martdan boshlab futbol bo’yicha Avstraliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli to’xtatildi. A-liga rahbariyati o’z bayonotida hozirgi vaziyatda musobaqani davom ettirish mumkin emasligini aytdi, deb xabar beradi Yahoo.
“Biz A-Ligadagi final o’yinlarini keyinga qoldirish bo’lgan qiyin qarorni qabul qildik. Qaror darhol kuchga kiradi. Bu futbol federatsiyasi va barcha liga klublarining bir ovozdan qabul qilgan qaroridir », dedi Avstraliya futbol federatsiyasi rahbari Jeyms Jonson, va 22 aprel kuni vaziyat tahlil qilinishini qo’shimcha qildi.

Fikr bildirish