“Navbahor” yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi
Teglar : NavbahorTanishtiruv
Avval xabar berganimizdek, “Navbahor” jamoasi bugun tushlikdan so’ng taqdimot marosimini o’tkazdi.
Mazkur tadbirni keng tarzda yoritish maqsadida Namangandagi “Markaziy” stadionga kirib borar ekanmiz, u erda ajoyib futbol atmosferasiga guvohi bo’ldik. Klub rahbariyati stadion mamuriyati bilan hamkorlikda taqdimot marosimini ko’tarinki ruhda tashkil etish uchun yaxshigina scenariy ishlab chiqqanini ko’rish mumkin.
Taqdimot marosimini taniqli sharhlovchi Mirzahakim To’xtamirzaev olib bordi. Marosimga Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzaqov tashrif buyurdi. Unga shahar hokimi, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti, hamda klub prezidenti hamrohlik qildi.
“Navbahor” murabbiylar shtabi va futbolchilar mazkur tadbirga chiroyli kostyum-shim liboslarida bir xilda kirib kelgani, etiborimizni tortdi.
SHuningdek stadionga kelgan muxlislarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tadbir tashkilotchilari elimiz suygan sanatkorlar Ravshan Komilov va Iskandar Hamroqulovni taklif etgani ayni muddao bo’ldi deyish mumkin.
Ayniqsa namanganlik so’z ustasi Iskandar Hamroqulovning hangomalari tadbir ishtirokchilariga xursandchilik ulashdi.
Tadbirda kutilganidek, futbolchilarning bu yil qaysi raqamda o’ynashlarini rasman elon qilinib, viloyat hokimi tomonidan o’yinchilarga futbolka topshirish marosimi ham o’tkazildi.
Yangi futbolchilar qayci raqamlarni olishdi: 35. Rahimjon Davronov 4. Farhod Mirahmatov 5. Xushnud Avilov 10. Quvondiq Ro’ziev 18. Bahrom Abdurahimov 28. Nikola Tasich 67. Marko Putinchanin 88. Slavisha Stoyanovich Quyidagi futbolchilar esa o’z raqamlarini o’zgartirishdi: 6. SHerzod G’ulomjonov 8. Sardor Telyakov 17. Ehsoni Panshanbe 24. Davron Hoshimov
Taqdimot marosimining so’nggida “Markaziy” stadionda jamoaviy suratga tushildi.
Tanishtiruv marosimidan to’liq fotogalereyani (43ta surat) saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA