Almati shahrida tashkil etilayotgan Octagon 25 turnirida o’zbekistonlik MMA ustasi, andijonlik 25 yoshli Mashrabjon Ro’ziboev ukrainalik Konstantin Linnikka qarshi jang o’tkazdi. Qirq soniya davom etgan jangda kichik Ro’ziboev raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi bahsni to’xtatishdan o’zga chora topa olmadi.
Malumot uchun, taniqli MMAchimiz Nursulton Black Ro’ziboevning ukasi hisoblangan Mashrabjon Ro’ziboevning MMAdagi natijasi 12 g’alaba, 3 mag’lubiyat va 1 durangni tashkil etmoqda. Mashrabjonning raqibi Konstantin Linnik esa bugun faoliyatidagi 21-mag’lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 27 g’alaba bor.