SHu kungacha o’tkazilgan janglar yuzasidan murabbiy Farrux Qilichevning fikrlari bilan qiziqdik.
“SHukrki, Osiyo chempionati O’zbekiston uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. 10 ta vaznda 10 nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi. Oldinda yarim final bellashuvlari turibdi. Ishonchim komilki, nasib qilsa bokschilarimiz yorug’ yuz bilan O’zbekistonga qaytishadi.
Dilshodning qatarlik bokschiga qarshi jangi? Biz u bilan jangdan oldin raqib imkoniyatlariga qarab ringga ishlashni rejalashtirdik. Muhimi ringni his qilish lozimligini takidlagandim. U ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. Barchasi ko’ngildagidek.
Eng ko’p oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman”, – dedi Farrux Qilichev.