O’zbekiston futzal terma jamoasi 24 sentyabr kuni mundialning nimchorak finali doirasida Eronga qarshi kurash olib borgan va 8:9 hisobida imkoniyatni boy berib mardlarcha musobaqani tark etgan edi. Bugun Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga keldi. Vilnyus – Istanbul – Toshkent reysi bilan ortga qaytgan qahramonlarimizni muxlislar va OAV vakillari kutib olishdi. Futzalchilarimizning kutib olinishidan suratlarni saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Foto: Tolibjon Qosimov
Futzalchilarimizning kutib olinishidan suratlarni saytimizning maxsus bo’limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.