“Daily Express” nashri xabariga ko‘ra, “Real” hujumchisi Eden Azar yaqin vaqt ichida “qaymoqranglilar” klubini tark etishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, belgiyalik hujumchi avvalroq o‘ynagan Londonning “Chelsi” klubi manfaatlari doirasiga tushib qolgan. Eslatib o‘tamiz, “France Football” “aristokratlar”ni 2021 yilning eng yaxshi klubi deb tan oldi.
Ma’lumot o‘rnida, “qaymoqranglilar” Azarni bor-yo‘g‘i 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, bu esa “Chelsi” rahbarlari uchun qulay narx hisoblanadi. Qayd etish joizki, belgiyalik futbolchi “Vest Xem” va “Nyukasl” klublari qiziqishlari doirasiga tushgan.