Boks/MMA

Azizbek Abdug‘ofurov ingliz bokschisiga javob qaytardi

23

Azizbek Abdug‘ofurov ingliz bokschisiga javob qaytardi

Boks 17 oktabr, 2020, 19:09 0 Teglar:Professional boks
|
Azizbek Abdug‘ofurovUlarning jangi qoldirilgan edi.

Britaniyalik charmqo‘lqop ustasi Lerron Richards va yurtdoshimiz Azizbek Abdug‘ofurov o‘rtasida jang belgilangan edi. Biroq pandemiya sabab bu jang qoldirilgan va ularning to‘qnashuvi so‘roq ostida edi. Lekin britanilik bokschi kuni kecha, o‘z Instagram sahifasida hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov bilan jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini yozib qoldirgan. Bu borada saytimizda xabar ham bergandik.

Britan bokschisining fikrlariga Azizbek Abdug‘ofurov ham Instagram va Tvitter sahifasida ingliz tarzida o‘z munosabatini bildirdi. Quyida uning Lerronga atalgan so‘zlarini keltirib o‘tamiz…

“Lerron seni bokschi sifatida hurmat qilaman. Men bunga tayyorman va sen bilan jang qilishdan xursand bo‘laman. Ikkimiz ham yuqori reytingga ega mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschilarmiz. O‘ylaymanki, jangga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rasan. Kel, muxlislar uchun shou uyushtirib beramiz va kim yaxshiroq ekanligini ring ko‘rsatib beradi. Frank Uorren bizga jang sanasi va manzilini bering. Qani ketdik”,-deya izoh qoldirgan Abdug‘ofurov.

Lerron Richards: Azizbek Abdug‘ofurov bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman..

Fikr bildirish