Futbol

Barakalla Neymar: Penaltini deyarli maydonga tushmayotgan Kavaniga berdi. Oldinroq ular jarima zarbasini talashib yurishgandi

65

Bahs oson kechdi: Tanaffusgacha 2ta gol va umumiy hisob 5:0.

Beshinchi golni Edinson Kavani penaltidan urdi. Bu voqea atrofida 2ta muhim syujet bor.

1. PSJ uchun penaltini Kilian Mbappe 82-daqiqada ishlab berdi. To’pni Neymar qo’liga oldi – so’nggi penaltini aynan u amalga oshirgandi (4 dekabr "Nant"ga qarshi bahsda). Braziliyalik bu bahsda gol urib bo’lgandi va yana o’z hisobiga gol yozib qo’yishi mumkin edi, ammo unda boshqa rejalar bor ekan: Neymar to’pni Kavaniga topshirdi.

Edinson minnatdorchilik bildirdi.

PSJ tarixidagi eng yaxshi to’purar aniq zarba bilan hisobni yiriklashtirdi va g’alabani Neymar bilan nishonladi.

Ajoyib.

Bu vaziyatda 2 yil avvalgi janjaldan iz ham yo’q. 2017 yilning sentyabrida Kavani va Neymar "Lion"ga qarshi bahsda to’p talashib, urishib qolishgan edi: O’shanda braziliyalik Dani Alves yordamida Edinsondan to’pni olib, penaltini ijro qilgandi. Franciya mediyasi ikki yulduz o’rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida ko’p yozdi: Neymar rahbariyatdan Kavanini sotib yuborishni so’ragani haqida maqolalar elon qilindi.

Bir necha oydan so’ng ushbu hikoya davom ettirildi: Neymar "Dijon"ga qarshi bahsda penaltini o’zi ijro etdi, ammo muxlislar to’pni urugvaylikka bermagan braziliyalikka xushtak chalishdi. Kavani agar o’sha bahsda gol urganida, gollar soni bo’yicha Zlatandan o’tib ketgan bo’lardi.

2. Kavani joriy mavsum CHempionlar ligasida birinchi golini kiritdi. U mavsumning birinchi qismida juda kam maydonga tushdi: Edinson chempionatning uchinchi turida olingan jarohat tufayli 2 oyni o’tkazib yubordi – bu vaqt ichida Ikardi Parij klubi asosiy forvardiga aylandi.

"Unga qiyinligini bilaman. Bu voqea men uchun ham achinarli. Kavani mavsum boshida jarohat oldi va bu uning aybi emas. Mauro bu davrda o’zini ko’rsata oldi, ko’p gol urdi. 4-3-3 sxemasi bo’yicha o’ynasak, markaziy hujumchi roli uchun bizda uch nafar ajoyib futbolchi bor – Kilian, Mauro va Edinson. Afsusdaman, chunki hozircha Kavanini asosiy tarkibga kirita olmayman. Biroq Kavani zaxirada o’tiradigan futbolchi emas. U professional o’yinchi. Urugvaylik jamoasiga pozitiv energiya beriadi. Ammo hozir unga ko’p o’yin vaqti bera olmayman" – dedi Tomas Tuxel.

Kavanining shartnomasi yozda yakuniga etadi. "Atletiko" uni xarid qilish niyatida. "Los-Anjeles Gelaksi" ham Edinsonga ko’z tikmoqda.

Neymarning "Galatasaroy"ga qarshi bahsdagi ishi Tuxelga yoqdi: "U chiroyli ish qildi. Neymar hissiyotli inson. U to’pni Ediga berdi va bu jamoa uchun yaxshi belgi" – deydi murabbiy o’yindan so’ng.

Fikr bildirish