Futbol

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo’ldi.

121



Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Francuz klublari bolalar uchun birlashdi!

Teglar : 
Bolalarni himoya qilish kuniLogotip Franciya
Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo’ldi.

Franciya bolalarni himoya qilish kuniga tayyorgarlik ko’rmoqda — bayram har yilning 20 noyabrida nishonlanadi. Franciyaning ikki ligasi klublari o’z logolarini vaqtincha bolalar rasmlariga o’zgartirishga qaror qildi: ularning har biri bolajonlar (asosan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari) tomonidan chizilgan.

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Liga 1 va Liga 2"ning yangi mualliflik logolari quyidagicha ko’rinishda:

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Biroq francuzlar shu bilan to’xtab qolishmadi: har bir klub 8 – 14 yoshdagi bolalar orasidan 12tasini tanlab oldi va jamoa tuzdi. SHuningdek, ularga baza bo’ylab ekskursiya uyushtirildi hamda ularni futbolchilar bilan tanishtirishdi. Xayriyaning yana bir ajoyib qismi — futbolchilarning bolalar bilan birga mashg’ulot o’tkazishi.

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

SHuningdek, tanlab olingan bolalar o’qituvchilari bilan shanba kuni kechqurun regbi bo’yicha Franciya – Yangi Zelandiya o’yiniga borishadi. Yakshanba kuni esa bolalar uchun "Stad de Frans" turniri o’tkaziladi: ular Liga 1 dagi o’zlari yoqtirgan klublari nomidan ishtirok etishadi va mamlakatning asosiy, eng yirik stadionlaridan birida o’ynashadi.

Bu fikr Franciyaning taniqli sport jurnalistlaridan biri Muhammad Buxavsining hayoliga keldi. Buxavsi Franciyada bolalar xavfsizligi uchun asosiy kurashchilardan biri hisoblanadi: mehribonlik uylari quradi, bolalarni himoya qilish bo’yicha fondlarni moliyalashtiradi va tashabbuslarni ilgari suradi. SHuning uchun, xayriyaning asosiy qismi 119 ishonch telefoni bo’ldi: bolalar biror muammoga duch kelganda yoki xavf ostida qolganda, shu raqamga qo’ng’iroq qilishi mumkin.

Barchasi birgina jurnalist tufayli sodir bo'ldi.

Oilaviy muammolari bo’lgan bolakaylarni Muhammad juda yaxshi tushunadi. Sababi, jurnalistning otasi vaqtida o’z xotini va farzandiga zo’ravonlik qilgan. 2001 yil bir guruh odamlar Muhammadni o’g’rilab, Jazoirga olib ketmoqchi bo’lishgan. Biroq policiya hodimlari o’z vaqtida voqea joyiga etib kelishgan va bolakayni qutqarib qolishgan. Afsuski, o’g’ri Buxavsining o’z otasi bo’lib chiqqan…

Xullas, jurnalist butun boshli futbol ligasini bir yo’lda birlashtira oldi va bolalar uchun katta bayram tashkil qilinishiga sababchi bo’ldi!

Nozima Zaripova tarjimasi

Fikr bildirish