Ronald Kuman ushbu mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishi mumkin.
Klub allaqachon Kataloniya jamoasi boshqaruvida gollandiyalikni o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirmoqda.
RAC1 radio jurnalisti Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, «Al-Sadd» bosh murabbiyi Xavi yoki «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag bu yerda asosiy nomzodlar sanalishadi.
«Barsa» ayni dam La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.