“Barselona” himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. “Daily Mail” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati “Nyukasl”ga fransiyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ushbu mavsum oxirigacha ijaraga olishni taklif qildi.
Avvalroq OAVda markaziy himoyachi qishki transfer oynasida “Nyukasl”ning asosiy transfer maqsadi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Marca” nashrining yozishicha, ingliz klubi Samuel uchun 20 million yevro taklif qilishga tayyor.
28 yoshli Umtiti joriy mavsumda Ispaniya chempionatining bitta uchrashuvida ishtirok etdi. Futbolchi “Barselona”da 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transtermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 2 million yevroni tashkil qiladi