“Barselona”ning yozgi transfer oynasida uchun ustuvor vazifasi o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini mustahkamlash bo‘ladi. Klub allaqachon ikkita nomzodni aniqlagan, ya’ni “Chelsi” sardori Sezar Aspilikueta va “Ayaks” futbolchisi Nussair Mazraui.
Biroq, kataloniyaliklar yuqoridagi futbolchilar bilan muzokaralar to‘xtab qolsa, boshqa futbolchini ham “short-listi”ga kiritib qo‘ygan. “Foot Mercato” nashri xabariga ko‘ra, bu “Monako” futbolchisi Jibril Sidibe bo‘ladi.
Etiborlisi, olti oy ichida “ko‘k-anorranglilar” ro‘yxatidan joy olgan futbolchilarning barchasi erkin agentga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, klub ko‘proq tekinga futbolchi qo‘lga kiritishni istamoqda.