Futbol

«Barselona» bu futbolchidan voz kechdi

320

«Barselona»da ijara asosida o‘ynayotgan «Vulverxempton» hujumchisi Adama Traore mavsum oxirida Angliyaga qaytadi. Ispaniya klubi 26 yoshli futbolchini to‘liq sotib olmoqchi emas. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Oldinroq Ispaniya jamoasi futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati borligi haqida xabar berilgandi. Traore «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yildan beri faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Adama «Midlsbro», «Aston Villa» kabi klubida o‘ynagan va 2018 yildan beri «Vulverxempton» a’zosi hisoblanadi.

Joriy mavsumda Traore «Barselona» safida 15 o‘yinda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish