Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Ansu Fati jarohatidan to‘liq tuzaldi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati. Eslatib o‘tamiz, Ansu bir yil oldin tizzasidan olgan jarohati sabab safdan chiqqan edi.
Oxirgi marta u 2020 yil 7 noyabrda «Sevilya»ga qarshi o‘yinida ko‘rinish bergan.
O‘tgan mavsum La Ligada forvard yettita uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.