«Barselona» bosh murabbiyi Xavi va klub rahbariyati himoyaning chap qanotiga nomzod tanlashda umumiy fikrga kela olishmayapti.
«Barselona» direktori Mateu Alemani «Valensiya» sardori Xose Gayyani sotib olishga intilmoqda. 26 yoshli futbolchi Ispaniyadagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, yosh va tajribali.
Biroq Xavi ko‘proq «Benfika»dan «Barselona»ning ikkinchi jamoasida o‘ynagan Alexandro Grimaldoni sotib olishga moyil.