Futbol

“Bavariya” Firminoni sotib olmoqchi. “Liverpul” o’yinchini 75 millionga baholamoqda

35

“Bavariya” “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
The Sun xabariga ko’ra, braziliyalik yozgi transfer oynasida Myunxenliklarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Angliya klubi 28 yoshli futbolchini 75 million funt-sterlingga (taxminan 90 million yevro) baholamoqda.
Firmino 2015 yilda 41 million yevroga “Xoffenxaym”dan “Liverpul”ga o’tgan edi. Ushbu mavsumda u Mersisaydliklar tarkibining barcha turnirlarida 36ta o’yin o’tkazdi, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish