Futbol

«Bavariya» ter Shtegen bilan klubga o’tish ehtimoli haqida muloqotda bo’ldi

48

«Bavariya» «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnoma tuzishga qiziqish bildirmoqda.
Myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyerning shartnomasi 2021 yil yozida tugaydi, va klub uni uzaytirish haqida muzokaralar olib bormoqda.
Biroq 33-yoshli futbolchi uzoqroq muddatga shartnoma tuzishni so’ramoqda, bu esa darvozabon yoshi va o’tgan yildagi ko’p shikastlanishlarni hisobga olib «Bavariya»ga unchalik yoqmayapti.
“Sport.es”ning xabariga ko’ra, «Bavariya» ter Shtegen bilan klubga o’tish ehtimoli haqida bog’langan.
Joriy yilda 27 yoshli darvozabon «Barselona» tarkibidagi barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34ta to’pni o’z darvozasidan olib chiqqan.
Ter Shtegenning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2022 yil iyul oyigacha tuzilgan.
Transfermarkt uning narxini 90 mln yevroga baholamoqda.

Fikr bildirish