Boks/MMA

Bektemir Meliqo’ziev ertangi jang oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

189

“O’tgan yilgi ishlar haqida nolish to’g’ri emas. Pandemiya butun dunyoga tasir qildi. Menga ishonishgani uchun promouterlarim Andrey Ryabinskiy, Oskar De La Xoyya va Erik Gomesdan minnatdorman.

Ko’p gapirishni yoqtirmayman. Barchasini ringda ko’rsataman. Rosado shubhasiz ajoyib bokschi. Uni hurmat qilaman. Bu jang faoliyatimga qanday tasir qilishi haqida o’ylamayapman. SHunchaki jamoam tanlagan bokschiga qarshi jang qilaman”, – dedi Bektemir. 

Eslatib o’tamiz, Bektemirning jangi bugun tunda, taxminan soat 02:00dan so’ng boshlanadi. 

Fikr bildirish