“Real” hujumchisi Karim Benzema jamoaning bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok etishi so‘roq ostida, deb xabar beradi “Marca”. Futbolchi “Elche”ga qarshi bahsda (2:2) jarohat olgandi.
Fransiyalik futbolchining Ispaniya kubogi doirasidagi “Atletik”ga (3 fevral) va La Liga doirasidagi “Granada”ga (6 fevral) qarshi o‘yinlaridagi ishtiroki hamon so‘roq ostida. Agar Karim ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yuborsa, Benzema 12 fevral kuni “Vilyarreal”ga qarshi maydonga qaytishi kutilmoqda.
34 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.