Boks/MMA

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o’zining poyga jamoasi NASCAR’da debyut qilishini malum qildi.

310

The Money Team Racing deb nomlangan jamoa “Daytona 500” da o’z debyutini o’tkazadi. Jamoaning poyga mashinasi Meyvezerning rekordiga mos ravishda 50-raqamni olgan. Chevrolet Camaro ZL1 1LE avtomabilini o’tgan yili “Daytona 500” da 28-o’rinni egallagan amerikalik Kaz Grala boshqaradi.  “Daytona” poygasi 20 fevral kuni bo’lib o’tadi. Meyvezer o’z NASCAR jamoasiga ega bo’lgan Maykl Jordan va Pitbuldan keyin uchinchi mashhur insonga aylandi.

“Men tezkor mashinalar va raqobatni yaxshi ko’raman. NASCAR’da bu qiyin bo’lishini bilaman, lekin oddiy narsalar menga mos kelmaydi. O’ylaymanki, avtosportga o’tish Mayweather brendini rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyatdir”, – dedi afsonaviy bokschi.

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o'zining poyga jamoasi NASCAR'da debyut qilishini malum qildi.

Fikr bildirish