Futbol

Beshariqda “IIB kubogi” g’olibi aniqlandi, endi navbat “Prokuror kubogi”ga

25

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayramida «IIB kubogi» turniri g’olibi aniqlandi. Turnirning final bosqichida to’rtta jamoa o’zaro kuch sinashdi. 3-o’rin uchun kechgan bahsda “Tovul” MFYning “Qatortol” jamoasi “Pastki Yakkatut” MFY jamoasi bilan asosiy vaqtda durang o’ynadi – 2:2. Penaltilar seriyasida esa omad “Tovul” mahallasi jamoasiga kulib boqdi.

Musobaqaning final bahsida Abdurazzoq ota hamda “Toshariq” mahallalari jamoalari to’qnash kelishdi. Murosasiz o’tgan bahsda Abdurazzoq ota mahallasi jamoasi 4:2 hisobida g’alaba qozonib, «IIB kubogi» sohibiga aylandi. G’oliblarga tuman hokimi hamda IIB boshlig’ining esdalik sovg’alari topshirildi.

Final uchrashuvini 3 mingdan oshiq tomoshabin kuzatib bordi. Madaniyat markazining yosh xonandalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar esa bayram tadbirlariga o’zgacha fayz kiritdi.

SHundan so’ng mini-futbol musobaqalari estafetasini tuman prokuraturasi qabul qilib oldi. Demak, navbatdagi turnir «Prokuror kubogi» uchun o’tkaziladi.

Beshariqda “IIB kubogi” g'olibi aniqlandi, endi navbat “Prokuror kubogi”ga

Beshariqda “IIB kubogi” g'olibi aniqlandi, endi navbat “Prokuror kubogi”ga

Fikr bildirish