Futbol

Bobur Farhodov: “Lutfulla To’raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo’lmasdi”

12

Uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga zaxiradan o’yinga qo’shilgan Bobur Farhodov mualliflik qildi. Biz esa uchrashuv yakuniga etgach ushbu futbolchidan fikrlarini bildik.

“Yaxshi o’yin bo’ldi. Raqib sezganimizdek kuchli jamoa ekan. Ular birinchi bo’limda bizga munosib qarshilik ko’rsatishdi. Xalqaro darajadagi uchrashuvda birinchi bor to’p tepdim. Xudoga shukur men uchun hammasi yaxshi o’tdi. Golga keladigan bo’lsak Lutfulla To’raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo’lmasdi. Raqib uch oy davomida bironta uchrashuvda maydonga tushmagan bo’lsada, ularni murabbiylarimiz yaxshi o’rganib chiqishgan edi. Maydon holati yuqori darajada bo’lganida biz ham, raqib ham boshqacha o’ynagan bo’lardi. Ikkinchi bo’limda ustunlik to’liq biz tomonimizda bo’ldi”, – dedi Bobur Farhodov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Fikr bildirish