Boks/MMA

Boks bo’yicha superog’ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO sobiq chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o’zining Instagramida ajoyib jismoniy holatini namoyish etdi.

253

Rasmda 45 yoshli sportchi shtangni ko’tarib, yalang’och tanasini ko’rsatib turibdi.  

Obunachilar izohlarda shunday yozishgan:

 “Jin ursin, bu mushaklar”

“Ortga qaytish vaqti keldi”

“SHubhasiz, tayyor”

Vladimir Klichko hisobida professional boksda 69 ta jang bo’lib, u 64 ta g’alaba (shundan 53 tasini nokaut bilan)  va beshta mag’lubiyat bor. 2017 yil aprel oyida bo’lib o’tgan so’nggi jangida u britaniyalik bokschi Entoni Joshuaga yutqazgandi.

Fikr bildirish