Italiya matbuoti xabariga ko‘ra Krishtianu Ronalduda hech qanday jarohat yo‘q.
U «Bolonya»ga qarshi o‘yinni faqat murabbiy Andrea Pirloning qarori tufayli zaxirada boshlaydi.
Mutaxassis Alvaro Morata va Paulo Dibalalarga bugun imkon berishga qaror qildi. Krishtianu Ronaldu Italiya kubogi finalidan so‘ng charchoqni yig‘ib olishi kerak deb hisoblaydi Pirlo.
«Yuventus»ga Boloniyada faqat g‘alaba kerak. Shuningdek, turinliklar «Milan» yoki «Napoli»ning ochko yo‘qotishini kutishlari ham kerak.