Futbol

“Borussiya D” o’yinchilari maoshlari kamaytirilishiga rozi bo’lishdi, “Verder” futbolchilari o’zlari rahbariyatdan buni iltimos qilishdi

61

Dortmundning “Borussiya” futbolchilari yangi koronavirus infektsiyasi COVID-19ning tarqalishi tufayli 2019/20 yilgi Bundesliga o’yinining to’xtatilganligi uchun ish haqining 20 foiz miqdorida kamayishiga rozi bo’lishdi. Bu haqda Germaniyaning eng yirik kundalik gazetasi Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Dortmund futbolchilarining maoshning bir qismidan bosh tortishlari, klubning karantinda bo’lgan 850 xodimi va shtatdan tashqari xodimlarning ish lavozimlarini saqlab turishga yordam beradi, bu koronavirus pandemiyasi sharoitlarida profilaktika chorasi hisoblanadi.
O’z navbatida, Gollandiyaning eng qari futbol jurnali “Voetball International”ga ko’ra, «Verder» futbolchilari o’zlari klub rahbariyatiga milliy chempionatdagi majburiy tanaffus paytida maoshlarini kamaytirish taklifi bilan murojaat qilishgan.
“Bizda o’zlarini klub, xodimlar va muxlislar bilan teng ko’radigan futbolchilar bor. Ular yaxshi o’rnak ko’rsatishni istashadi , dedi Bremenliklar sport direktori Frank Baumann.

Fikr bildirish