Futbol

“Borussiya” Janni “Yuve” dan sotib oldi. Shartnoma iyun oyida amal qilishni boshlaydi, muddati 4 yil

32

“Borussiya” yarimhimoyachi Emre Janni “Yuventus” dan sotib olinishini e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, uning nemis klubidagi ijara muddati 1-iyun kuni tugaydi. Shu sanadan boshlab “Borussiya” va Jan o’rtasida doimiy shartnoma kuchga kiradi. Kelishuv 2024 yil 30 iyungacha imzolangan.
Janning xarid qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. “Borussiya” ushbu summani uch moliyaviy yil davomida to’laydi.
Jan shu yil qishda, klubga kelganidan beri Bundesligada “Borussiya” safida 2 ta o’yin o’tkazdi va bir marta gol urdi.

Fikr bildirish