FC Bayern MunchenFutbol

“Borussiya” Myunxendagi so’nggi 2 o’yinda 11 ta golga egalik qildi. Kovachdan keyin “Bavariya” nima bo’ladi?

24

“Myunxen” og’ir fe’lli murabbiydan qutuldi va Robert Levandovskiy Gerd Myullerning rekordiga bormoqda. Aftidan, bu mavsumda Bundesligani nihoyat tomosha qilish mumkin. Niko Kovachi davrida “Bavariya” zaiflashdi, ikkala “Borussiya” to’satdan yuqorilikni egallashdi, “Leyptsig” va “Frayburg” tetik ko’rinishmoqda. Birinchi davradagi asosiy o’yinni kuzatish yanada qiziqarli bo’ladi. Kovach Myunxenda qovun tushurdi va ishini yo’qotdi – xorvatiyalik o’rnini Gans-Diter Flik egalladi, u bir qator ijobiy natijalarga ega bo’lib, qishga qadar o’z lavozimida qolishi mumkin. Agar Germaniya terma jamoasidagi Yoahim Lyov sobiq yordamchisining axiri omadi kelib yuqori pog’onalarga chiqsachi? “Borussiya”ga qarshi o’yin Flikning katta imkoniyatlaridan biridir.

Fikr bildirish