Boks/MMA

Britaniyalik bokschi Dillian Uayt sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder bilan o’tkazilishi mumkin bo’lgan ehtimoliy jang va uni kutib turgan raqib Aleksandr Povetkin haqida fikr bildirdi.

29

“Uaylder bilan hoziroq jang qilishim mumkin. Buning uchun Povetkinga qarshi jang qilishim ham shart emas. Uaylder jahon chempioni bo’lgan. Lekin Uaylder unchalik ham katta nom emas. U amerikalik bo’lsa ham uning janglariga chiptalar unchalik yaxshi sotilmaydi. 

Deontey shunchaki jahon chempioni bo’lgan, hozir esa bu ham yo’q. Nima bo’lgan taqdirda ham Uaylder bilan jang qilishni xohlayman. Ammo, hozir bor etiborimni Povetkin bilan jangga qaratyapman. U juda jiddiy raqib”, – dedi Uayt.

Fikr bildirish