Futbol

Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o’z telegram sahifasida malum qildi.

33



Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z telegram sahifasida malum qildi.

OCHL-2021. AGMK guruh bosqichiga chiqishi uchun bitta o’yinda yutsa kifoya-mi?

Teglar : 
OCHLAl GarafaAGMKOsiyo CHempionlar LigasiAlisher NikimbaevOFK
Bu haqda taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o’z telegram sahifasida malum qildi.

"Ertaga OCHL musobaqalar qo’mitasi CHempionlar Ligasining yangi mavsum taqvimini tasdiqlaydi. Qo’mita azolariga faqat bitta variant taklif qilingani hisobga olinsa, ushbu variant maqullanadi.

Bu holatda CHempionlar Ligasi guruh bosqich g’arb mintaqasi 14-30 aprelda, sharq mintaqasida esa 21 aprel – 7 may sanalarida markazlashtirilgan holda o’tkaziladi.

Keyingi taqvim quyidagicha ko’rinish oladi:

1/8 final (bitta o’yin) – 13-14 va 14-15 sentyabr,

CHorak final (bitta o’yin) – 27-28 va 28-29 sentyabr,

Yarim final (ikkita o’yin) – 19 va 20 oktyabr, 26 va 27 oktyabr,

Final (ikkita o’yin) – 21 va 27 noyabr.

Qiziqarlisi, g’arbda dastlabki bosqich ko’zda tutilmagan. Bu shubhasiz jamoalar sonining qisqarishi bilan bog’liq. Va bu shuni anglatadiki, AGMK CHempionlar Ligasi ishtirok etishni pley-off bosqichidan boshlaydi va kutilganidek Iroqqa bormaydi. Katta ehtimol bilan AGMK guruh bosqichiga chiqishga yo’llanma uchun 7 aprelda Dohada "Al Garafa"ga qarshi o’ynaydi", – deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida.

Fikr bildirish