SHu munosabat bilan afsonaviy bokschi haqidagi malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.
Ismi: Mayk Tayson
Tug’ilgan sanasi: 1966 yil, 30 iyun
Tug’ilgan joyi: Bruklin, Nyu-York, AQSH
Vazni: 110 kg
Bo’yi: 178 sm
Dini: Islom (arabcha Malik Abdul Aziz ismini olgan)
Uch marotaba sudlangan. 1992 yilda zo’ravonligi uchun 3 yilga qamalgan. 1998 yilda esa mashinasini urib yuborganlarni do’pposlagani uchun 3,5 oy “o’tirib chiqqan”. 2008 yilda esa giyohvand moddalar istemol qilgan holda avtomobil boshqargani uchun xibsga olingan. Bolaligida ham bolalar koloniyasida jazo o’tagan. Uch marotaba uylangan. 8 nafar farzandning otasi.
Superog’ir vaznda jang qilgan. WBC, WBA, IBF, The Ring yo’nalishlari chempioni
Laqabi: “Temir Mayk”, “Nokautlar qiroli”
Dastlabki jangi: 1985 yil, 6 mart
So’nggi jangi: 2005 yil, 11 iyun
O’tkazgan janglari: 58
G’alabalari soni: 50
Nokautlar: 44
Mag’lubiyatlar: 6
Faqat Taysonga hos bo’lgan natijalar
– Bir qancha dunyo rekordlari sohibi.
– Og’ir vazndagi eng yosh jahon chempioni (20 yosh 144 kun).
– Og’ir vazndagi eng yosh mutloq chempion (21 yosh).
– Debyutdan chempionlikka qisqa vaqt ichida – 1 yil 8 oyda, mutloq chempionlikka esa 2 yil 5 oyda erishgan yagona sportchi.
– Tarixdagi eng yuqori gonorar oladigan og’ir vaznli bokschi.
– Tarixdagi eng qimmat 10 ta jangdan 6 tasida aynan Mayk Tayson ishtirok etgan.
– 6 marotaba ketma-ket WBC, WBA, IBF yo’nalishlari kamarlarini himoya qilgan yagona bokschi.
– O’smirlar Olimpiadasida eng tez nokaut sohibi (8 sekund).
– 9 ta nokautini 1 daqiqa ichida qo’lga kirita olgan.