Futbol

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o’rin olgan uchta o’yin bo’lib o’tadi.

25



Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. Bugun “Buxoro” “Nasaf”bilan o’ynaydi, “Paxtakor” “Qizilqum”ga qarshi, Hamidullaev – Baqoev to’qnashuvi

Teglar : 
So’g’diyona Buxoro Nasaf Qizilqum Andijon19-turCoca Cola Superliga Paxtakor
Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o’rin olgan uchta o’yin bo’lib o’tadi.

ANDIJON – SO’G’DIYONA
18 oktyabr 2020 yil. Andijon. "Sog’lom Avlod" stadioni. 15:30
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, SHohruh Azamov, SHohnur Yo’ldoshev, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Aleksandr Davidenko

"Andijon" so’nggi uchta turda umuman mag’lub bo’lmadi – 1ta g’alaba, 2ta durang. "So’g’diyona" ham uchta o’yindan buyon yutqazmayapti – 2ta g’alaba, 1ta durang.

Bu jamoalar hozirga qadar 41 marta to’qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko’rsatmoqda: Ikkala jamoa ham 16tadan g’alabaga erishishgan. 9 marta durang qayd etilgan. O’zaro o’yinlarda "Andijon" 60ta, "So’g’diyona" 58ta gol urgan.

O’zaro o’yinlarning so’nggi 4tasida "So’g’diyona" umuman mag’lub bo’lmagan – 2ta g’alaba, 2ta durang. "Andijon" bu raqibni so’nggi bor 2016 yilgi mavsumda o’z maydonida mag’lub etgan.

"So’g’diyona" oxirgi marta 2014 yilgi mavsumda Andijondan g’alaba bilan qaytgan.

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Andijon

Superliga. 19-tur

18/10/2020, 15:30


:

Boshlanmadi

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

So'g'diyona

Match-senterda ochish

BUXORO – NASAF
18 oktyabr 2020 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:00
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Jaloliddin Husnitdinov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHohruh Said

"Nasaf" so’nggi 7ta turda umuman yutqazmadi – 5ta g’alaba, 2ta durang. "Buxoro" esa aksincha oxirgi 7ta o’yinda umuman g’alaba qozona olmadi – 2ta durang, 5ta mag’lubiyat.

Bu ikki klub O’zbekiston chempionatida hozirga qadar 45 marta to’qnash kelishgan. 23 marta "ajdarlar" zafar quchishgan, 12ta o’yinda buxoroliklar g’olib bo’lishgan. Qolgan 10ta uchrashuvda tomonlar "murosa ko’chasini" tanlashgan. O’zaro o’yinlarda "Nasaf" 74ta, "Buxoro" 43ta gol urgan.

O’zaro oxirgi ikki uchrashuvda "Buxoro" "Nasaf"ga umuman yutqazmagan – 1ta g’alaba, 1ta durang.

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Buxoro

Superliga. 19-tur

18/10/2020, 16:00


:

Boshlanmadi

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Nasaf

Match-senterda ochish

PAXTAKOR – QIZILQUM
18 oktyabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:30
Hakamlar:
Olim To’ychiboev, Timur Gaynulin, Andrey Capenko, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Sardor Qudratullaev

Superligada oxirgi 12ta turda "Paxtakor" umuman mag’lub bo’lmadi, so’nggi ikki turda ikkita yirik g’alabaga erishdi. "Qizilqum" esa bu mavsum safardagi oxirgi 4ta o’yinda umuman g’alaba qozona olmadi – 2ta durang, 2ta mag’lubiyat.

Bu klublar hozirga qadar 41 marta to’qnash kelishgan. "SHerlar" 34 marta g’alabaga erishishgan. Oltita uchrashuvda durang kuzatilgan. "Qizilqum" bu jamoani faqat bir marta mag’lub etgan xolos (2001 yil). Yani Navoiy shahri klubi 19 yildan buyon "Paxtakor"ni mag’lub eta olmayapti.

"Paxtakor" o’z maydonidagi oxirgi 9ta o’yinning barchasida g’olib bo’lgan. So’nggi bor "Qizilqum" 2010 yilgi mavsum safarda bu jamoa bilan durang o’ynagan.

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Paxtakor

Superliga. 19-tur

18/10/2020, 17:30


:

Boshlanmadi

Bugun Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.

Qizilqum

Match-senterda ochish

Fikr bildirish