Kalchoning qaytishi: A Seriya 20-tur prevyusi
Teglar :
ItaliyaSergey Rumyancev A SeriyaItaliya A Seriyasi
Bugun Italiya chempionatining ikkinchi davra uchrashuvlariga start beriladi.
"Bolonya" – "Inter"
Sinisha Mixaylovichning tarkib bilan bog’liq katta muammolari bor. Futbolchilarning bir qismi koronavirusga chalingan bo’lsa, yana bir qismi jarohatlangan. Barrou va Mbaye esa Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun terma jamoa safiga borib qo’shilishgan. Bunday vaziyatlarda tajribasi yo’q o’yinchilarga suyanishdan boshqa iloj yo’q. Murabbiyning baxtiga, Marko Arnautovich sog’lom va hujumda, oldingi chiziqda, etakchilik vazifasini bajarishga harakat qilib ko’radi. Indzagi ham muammolar etarli. Jeko biroz kasal bo’lib qoldi, CHalxanoglu esa sariq kartochkalarining soni ortib ketgani tufayli o’yinni o’tkazib yuboradi. Hujumda Sanchesni, maydon markazida esa Vidal va Galyardinidan birini ko’rishimiz mumkin.
Birinchi davrada "Inter" uyda 6:1 hisobida "Bolonya"ni yanchib tashlagandi. Bu gal ham "rossoblu"ga oson bo’lmasligi tayin.
Lekin, so’nggi malumotlarga qaraganda, "Bolonya"ning ko’p futbolchilari kasal ekani tufayli bahs o’tkazilishi so’roq ostida turibdi.
Bologna
|
Serie A . 20-tur 06/01/2022, 16:30 – – qoldirildi |
Inter
|
Stadion: Stadio Renato Dell’Ara
"Atalanta" – "Torino"
Gosens ikkinchi davra uchrashuvlarigacha tiklanib ulgurmadi, undan tashqari esa, Froyler, Sapata va Musso ham o’yinni o’tkazib yuborishadi. Murielga imkon berilishi mumkin, uning ortida esa Pessina va Malinovskiy harakatlanadi. Froylerning o’rnida Kopmeynersni ko’rishimiz mumkin. "Torino"ga haqida gapiradigan bo’lsak, Ayna terma ixtiyoriga topshirilgan, Belotti va Berisha esa hali tiklanib ulgurmadi. SHuningdek, "buqalar" safida Edera bahsda ishtirok etolmaydi. Biroq Voyvoda va Sanarabiyaning kichik og’riqlari o’tib ketdi, ular jamoasiga yordam bera olishi quvonchli xabar.
So’nggi o’zaro o’yinda "Atalanta" safarda 2:1 hisobida g’alaba qozongandi. Bu uchrashuvda "bergamasklar" favorit hisoblansalar-da, 1-davra bahslarini qiyinchilik bilan yakunlagandilar. SHu sababli ham, yaxshi o’ynashga harakat qilishlari lozim. Ammo "buqalar" ularning hujumiga qarshilik ko’rsatishga ancha qiynalsalar kerak…
Atalanta
|
Serie A . 20-tur 06/01/2022, 20:30 – – qoldirildi |
Torino
|
Stadion: Gewiss Stadium
"Milan" – "Roma"
Pioli uchun asosiy bosh og’riq Ture, Benasser va Kessiening terma jamoalari tarkibiga yo’l olgani bo’ldi, ularsiz oson bo’lmasligi aniq. Vaziyatdan kelib chiqib markaziy zonani Tonalli va Bakayoko egallashadi, hujumda esa Ibragimovich bilan birga Rafael Leao tushiriladi. Mourino uchun asosiy yutuq bu Pellegrinining safga qaytgani bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Abraxamning bu o’yinda ishtirok etishi so’roq ostida qolmoqda, asosiy tarkibda SHomurodovni ko’rishimiz ehtimoli yuqori. Sababi jamoaning boshqa bir forvardi Mayoral o’yinni o’tkazib yuborishi aniq.
Jamoalarning oxirgi o’zaro bellashuvi ancha qiziqarli bo’lgan, "Milan" safardan (2-1) g’alaba bilan qaytgandi. Bukmekerlar bu safar ham "rossoneri"ni favorit sifatida ko’rmoqda, biroq biz xulosa qilishga shoshilmaslik kerak degan bo’lardik. "Milan" markaz bilan bog’liq muammolarga duch kelishi mumkin bo’lsa, "Roma" esa aksincha etakchilaridan biri qaytib, qarshi hujumlarda niyatiga etishi mumkin.
AC Milan
|
Serie A . 20-tur 06/01/2022, 22:30 – – Boshlanmadi |
Roma
|
Stadion: San Siro
Bosh hakam: Daniele Chiffi
"Sassuolo"- "Jenoa"
Boga va Xamid Traore terma jamoalari ixtiyoriga yo’l olishgan, shu bilan birga Jurichich va Peluzo karantin sabab bellashuvni o’tkazib yuboradi. Hujum esa Raspadori, Skamakka va Berrardi ishtirokida kuchga to’lgan. "Jenoa" bosh murabbiyi Andrey SHevchenko ham kasallik sabab o’yinni televizor orqali tomosha qiladi, xuddi shunday sabab bilan Serpe va Krishito ham jamoaga yordam bera olishmaydi. Yana bir qator futbolchilar jarohatlangan va asosiy tarkibda kim tushishini topish qiyin vazifa.
So’nggi bor o’zaro to’qnash kelishganda klublar murosasiz bahsda murosa ko’chasini tanlashgandi (2-2). Bu safar ham biz quvnoq o’yin kutishga haqlimiz. "Sassuolo" kichik ustunlik bilan favorit hisoblanmoqda. "Jenoa"ning himoyadagi muammolari hozircha hal qilingani yo’q va "neroverdi" hujumi bunday imkoniyatdan mamnuniyat bilan foydalanishi turgan gap. "Grifonlar" birinchi navbatda albatta aynan himoyada ishonchli o’yin ko’rsatishga urinishadi, lekin buni uddalashlariga ishonish qiyinroq.
Sassuolo
|
Serie A . 20-tur 06/01/2022, 20:30 – – Boshlanmadi |
Genoa
|
Stadion: Stadio Mapei – Citta del Tricolore
Bosh hakam: Gianluca Manganiello
"Yuventus" – "Napoli"
"Keksa sinora" himoyasi markazida Rugani va De Ligt maydonga tushadi. SHuningdek, Danilo ham jarohatidan to’liq forig’ bo’lmagani sabab, turinliklarga yordam bera olmaydi. Arturning test natijasi esa ijobiy chiqdi. Hujum markazida Morata maydonga tushishi kutilmoqda. Kim biladi deysiz, balki bu bellashuv Alvaro uchun "Yuventus" tarkibidagi oxirgisi bo’lar. Spalettining tarkib bilan muammolari undan ham ko’proq, futbolchilarning bir qismi terma jamoasiga ketgan bo’lsa, boshqa bir qismi jarohati bilan ovvora, yana kimdir karantinda. SHunday ekan tanlash uchun variantlar u qadar ko’p emas, hujumda esa bor umid Insine va Mertensdan.
Oxirgi marta jamoalarning to’qnashuvi kutilganidek tomoshabop bo’lgandi. "Napoli" o’sha kecha 2-1 hisobida zafar quchgandi. Biroq hozir "Yuventus" revansh olishga astoydil harakat qiladi. "Napoli"ning yo’qotishlari juda ko’p va oson bo’lmasligi turgan gap. SHu o’rinda, yaralangan sher yanada xavfli bo’lishini unutmaslik lozim.
Juventus
|
Serie A . 20-tur 07/01/2022, 00:45 – – Boshlanmadi |
SSC Napoli
|
Stadion: Allianz Stadium
Bosh hakam: Simone Sozza
Sergey Rumyancev