SHomurodov va Berdiev tengsiz! UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi (barcha g’oliblar bitta sahifada)
Teglar :
Ro’ziqul BerdievEldor SHomurodovUZ Football Awards
Bugun O’zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari kongressi va o’zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag’ishlangan UZ Football Awards-2021 taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
– O’zbek futboli nuroniysi – Axbor Imomxo’jaev
Sport jurnalistikasi darg’asi, o’zbek sharhlovchiligining asoschisi — Axbor Imomxo’jaev “O’zbek futboli nuroniysi” sovrini bilan taqdirlandi. Ushbu inson “Paxtakor” stadioni qurilgach, undan o’zbek tilidagi ilk futbol reportajini jonli efirga olib chiqqan sharhlovchi hisoblanadi. Uning siymosida yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan fenomen, millionlar o’yiniga bag’ishlangan qator kitoblar muallifi, o’z ovozi bilan barcha o’zbekistonliklar xonadonigacha kirib borgan insonni ko’ramiz. O’zbek futboli jamoatchiligi va muxlislar nomidan Axbor Imomxo’jaevni tabriklaymiz va sog’lik-salomatlik tilaymiz!
– Fidoyilik ramzi – Sadri Nosirov
Samarqandlik futbol muxlislari Sadri bobo nomini doim hurmat va izzat bilan tilga olishi bejiz emas. 77 yoshni qarshi olgan bu inson — etibor bering: 17 yoshidan boshlab, yani, 60 yildan buyon Samarqanddagi Dinamo stadioni maysasini parvarish qiladi. Stadion foydalanishga topshirilganidan buyon uning har bir qarich eri Sadri bobo bilan suhbatlashadi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Aynan Sadri bobo mashaqqatlari ila yashab turgan Dinamo stadioni 2021-yilgi mavsumni O’zbekiston Superkubogi bilan boshlab, aynan shu stadiondagi O’zbekiston kubogining final uchrashuvi bilan yuqori kayfiyatda intixo topdi.
– Jasorat sovrini – O’zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi
SHu yil ko’pchilikning etiboridan chetda qolgan, aslida esa haqiqiy jasorat hisoblangan bir voqea sodir bo’ldi va biz uni etibordan chetda qoldira olmadik. O’zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi Eron mezbonlik qilgan surdlipiya o’yinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egalladi va kelasi yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdlimpiya o’yinlariga chiptani qo’lga kiritdi. Ishonamizki, jamoamizga Braziliyada ham sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritish nasib qiladi.
– Eng yaxshi futbol jurnalisti – Faxriddin Ro’ziev (Championat.asia)
Yil davomida O’zbekiston futbol associaciyasi hamda O’zPFL tadbirlarini faol yoritgan, yurtimizda futbolning ommaviylik darajasini oshirishda o’zining hissasini qo’shayotgan “Championat.asia” sayti jurnalisti Faxriddin Ro’ziev mazkur sovringa munosib deb topildi.
– Eng yaxshi hududiy associaciya – Qoraqalpog’iston FA
Qoraqalpog’iston Respublikasi futbol associaciyasi “Eng yaxshi hududiy futbol associaciya” sovrini bilan taqdirlandi.
– Muxlislar mehri – "Andijon" fan-klubi
Joriy mavsumda Coca-Cola Superligasining uchrashuvlarida o’z jamoasini qo’llab-quvvatlashda namuna ko’rsatganligi va futbol ommaviyligini oshirishda qo’shgan hissasi uchun “Andijon” fan-klubi “Muxlislar mehri” sovrini bilan taqdirlandi.
– Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi – Bahodir Ahmedov
O’zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubining bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi. Uning qo’l ostida O’zbekiston futzal terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatining guruh bosqichidan chiqa oldi. Jamoa barcha uchrashuvlarda raqiblarga munosib qarshilik ko’rsatdi va xalqimizning mehriga sazovor bo’ldi.
– Yilning eng yaxshi futzalchisi – Dilshod Rahmatov
Futzal bo’yicha Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan, shuningdek, O’zbekiston chempionatida yorqin o’yinlar namoyish etib kelayotgan futzalchilarimiz — Davron CHoriev, Husniddin Nishonov va Dilshod Rahmatov yakuniy nomzodlarning uchligidan o’rin oldilar.
Jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, O’zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubi futzalchisi Dilshod Rahmatov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”ga aylandi.
– Ayollar Oliy ligasining to’purari – Diyora Xabibullaeva
Diyora Xabibullaeva So’g’diyona-W jamoasi safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bu borada u 31 ta gol urgan ganalik jamoadoshi Fuseyna Mumuni hamda 30 ta gol urgan Bunyodkor-W azosi Dildora Nozimovani ortda qoldirishga erishdi
– Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi – SHerali Boboqulov
SHerali Boboqulov ushbu mavsumda “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi” sovriniga loyiq deb topildi. U “So’g’diyona-W” jamoasi bilan birgalikda Oliy Liga oltin medali va O’zbekiston kubogini qo’lga kiritdi.
– Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi – Diyora Xabibullaeva
O’zbekiston ayollar terma jamoasi etakchilaridan biri, “So’g’diyona-W” jamoasi va chempionat to’purari Diyora Xabibullaeva ushbu mavsumning “Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi” deb topildi.
– Pro liganing eng yaxshi futbolchisi – Marko Obradovich
“Neftchi” klubining joriy mavsumda 19 ta o’yinida ishtirok etib, 12 ta gol kiritgan holda jamoani Superligaga qaytishiga katta hissa qo’shgan Marko Obradovich “Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo’lga kiritdi.
– Minnatdorchilik ramzi – Pro liga translyaciyalari uchun Uzreport TV va Futbol TV telekanallari bosh direktori Ravshanxon Jo’raevga minnatdorchilik sovrini topshirildi.
– Yilning eng yaxshi hakami – Ilgiz Tantashev
Joriy mavsumda xalqaro maydonlarda uchrashuvlar boshqarish bo’yicha etakchiga aylangan mutaxassis, 2021 yilda Osiyo chempionlar ligasi, Jahon chempionati saralashining eng muhim uchrashuvlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Kuvayt chempionatlari bahslarida ishlagan hakam — Ilgiz Tantashev “Yil hakami” sovrinini qo’lga kiritdi.
– Coca-Cola Superligasining eng chiroyli goli – Bilolxon Toshmirzaev
Joriy mavsum ham bir-biridan chiroyli gollarga boy boy bo’ldi. Xususan, 16-tur doirasidagi “Lokomotiv” va “Turon“ uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Bilolxon Toshmirzaevning maydon markazidan kiritilgan goli ”Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli” deb topildi.
– Coca-Cola Superligasi-2021 to’purari – Dragan CHeran
“Paxtakor” bilan birgalikda musobaqa chempioniga aylangan, jamoaning etakchi futbolchilaridan biri — Dragan CHeran 16ta gol bilan chempionat to’purariga aylandi. (Sobir Xodiev sovrinni qabul qilib oldi)
– Coca-Cola Superligasining eng eng yaxshi murabbiyi – Piter Xyuistra
Coca-Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va O’zbekiston Superkubogi g’olibi — Piter Xyuistra “Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi” deb topildi. (Sovrinni Jafar Irismetov qabul qilib oldi)
– Coca-Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi – Husayin Norchaev
Joriy mavsumda “Nasaf” safida 26 ta o’yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan futbolchi, O’zbekiston kubogi sohibi Husain Norchaev “Coca Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. (Sovrinni uning akasi qabul qilib oldi)
– Eng yaxshi yoshlar murabbiyi – Azam SHerg’oziev
Bir necha yildan buyon AGMK U-21 jamoasi bilan sovrinli o’rinlar uchun kurashib kelayotgan mutaxassis, ushbu mavsumda jamoasi bilan tarixda ilk bor U-21 chempionati g’olibiga aylangan Azam SHerg’oziev “O’zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi.
– Yosh yulduz – Husayin Norchaev
2021-yil ko’plab yosh futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Terma jamoalar tarkibida va chempionat o’yinlarida o’zlarining iqtidorlarini namoyish eta olgan — Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov va Husayin Norchaev yakuniy nomzodlarning uchligidan o’rin oldilar. Jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, O’zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi futbolchisi Husain Norchaev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga munosib deb topildi.
– Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi – Ilhom Hanjariev
Yosh iqtidorlarni katta futbolga etkazib berishda jonbozlik ko’rsatib kelayotgan mutaxassis Ilhom Hanjariev “O’zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi.
– Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Dildora Nozimova
“Bunyodkor” ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar o’rtasidagi Osiyo chempionatida O’zbekiston sharafini munosib qilgan futbolchi, jamoa etakchilaridan biri Dildora Nozimova “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.
– O’zbekistonning eng yaxshi murabbiyi – Ro’ziqul Berdiev
Joriy mavsumda murabbiylar o’rtasidagi raqobat ham yuqori bo’ldi. Xususan, kuchli uchlikdan o’rin olgan har bir nomzod o’z jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli o’yinlar, balki iroda ham ko’rsata oldi. Xususan, Ulug’bek Baqoev qo’l ostidagi “So’g’diyona” klubi mavsum yakunida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi. Ro’ziqul Berdiev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha etib bordi, mamlakat kubogining g’olibiga aylandi. Timur Kapadze O’zbekiston U-23 terma jamoasi bilan ishonchli o’yinlar o’tkazdi, “Olimpik” bilan birgalikda esa Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro’ziqul Berdiev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi.
– Coca-Cola Superligasi-2021 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon – O’tkir Yusupov ("Navbahor")
Himoyachilar – Marko Kolakovich ("So’g’diyona"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar – Erkin Baydullaev ("Qizilqum"), Dragan CHeran ("Paxtakor"), Sanjar Tursunov (AGMK)
Hujumchilar – Husayn Norchaev ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv"), SHohruz Norxonov ("So’g’diyona")
Bosh murabbiy: Ulug’bek Baqoev ("So’g’diyona").
– O’zbekistonning eng yaxshi futbolchisi – Eldor SHomurodov
Husayin Norchaev, Jaloliddin Masharipov va Eldor SHomurodov mazkur sovrinning yakuniy nomzodlari uchligidan o’rin oldilar. Jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor SHomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.
"Barchaga assalomu alaykum. To’g’risini aytsam bu sovrinni yutganimdan ko’p xursand bo’lmoqchi emasman. Sababi birinchisini yutganimdan keyin bir yil pauza bo’lib qoldi. Hisoblab ko’rsam Odil akaning (Ahmedov) rekordini yangilay olmas ekanman (kuladi). Albatta bu hazil.
Yoshligimda ko’pchilik o’zbekistonlik futbolchilar ham dunyoning kuchli ligalarida o’ynay oladimi degan savol berishadi. O’z o’yinlarim bilan o’sha savollarga javob berdim deb o’ylayman.
Bu yil ko’proq omadim keldi deb o’ylayman, chunki Masharipov ham, Norchaev ham sovrin uchun munosib o’yin namoyish etishgandi. Barchaga rahmat aytaman", – dedi 2021 yil O’zbekistonning eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov.