“Nyukasl” hujumchisi, “Kioto Sanga” darvozaboni, “Suonsi” azosi va klubsiz himoyachi. Yangi Zelandiya O’zbekistonga qarshi kimlar bilan o’ynaydi?
Teglar : Yangi ZelandiyaKris Vud
Bugun O’zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Yangi Zelandiyaning Iordaniya va O’zbekiston terma jamoalariga qarshi o’yinlarga chaqirilgan futbolchilari haqida so’z yuritamiz. Ular qaysi jamoalarda to’p tepishi bo’yicha malumot beramiz. TARKIB Yangi Zelandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Denni Xey Iordaniya va O’zbekistonga qarshi kechadigan bellashuvlarga 24 nafar futbolchini jalb qildi. Jumladan, 4 nafar darvozabon, 8 nafar himoyachi, 6 nafar yarim himoyachi, 6 nafar hujumchi chaqiruv olgan. Darvozabonlar Maykl Voud (“Kioto Sanga”, Yaponiya) Stefan Marinoviich (“Xapoel”, Isroil) Jeymi Sirl (“Suonsi”, Angliya) Mettyu Guld (“Oltringem”, Angliya)
Himoyachilar Uinston Rid (klubsiz) Nando Peynaker (“Rio Ave”, Portugaliya) Maykl Boksoll (“Minnesota Yunayted”, AQSH) Bill Tuiloma (“Portland Timbers”, AQSH) Tommi Smit (“Kolchester Yunayted”, Angliya) Nikko Boksoll (“San Diego”, AQSH) Kelvin Kalua (“Istern”, Yangi Zelandiya) Dalton Uilkins (“Kolding IFK”) Yarim himoyachilar Fransis de Friz (“Varnamo”, SHveciya) Tim Peyn (“Vellington Feniks”, Yangi Zelandiya) Jo Bell (“Brondbyu”, Daniya) Sarprit Singx (“Yan Regensburg”, Germaniya) Kleyton Lyuis (“Vellington Feniks”, Yangi Zelandiya) Marko Stamenich (“Kopengagen”, Daniya) Hujumchilar Jo CHampness (“Giresunspor”, Turkiya) Kallum Makkouett (“Xelsingyor”, Daniya) Logan Rojerson (“Xaka”, Finlyandiya) Kris Vud (“Nyukasl”, Angliya) Aleks Griv (“Sent-Mirren”, SHotlandiya) Elaydja Yust (“Xelsingyor”, Daniya)
28 yanvar kuni Yangi Zelandiya Iordaniyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazgan va 1:3 hisobida yutqazgandi.
Iordaniya – Yangi Zelandiya 3:1 Gollar: Ali Al Olvan 21, 80, Musa Al Tamari 33 penalti – Kris Vud 30 penalti. Yangi Zelandiya: Maykl Voud, Uinston Rid (Tommi Smit, 69), Tim Peyn, Bill Tuiloma, Fransis De Friz (Dalton Uilkins, 81), Kleyton Lyuis, Sarprit Singx (Kallum Makkouett, 69), Marko Stamenich, Kris Vud, Logan Rojerson (Aleks Griv, 81), Elaydja Yust (Jo CHampness, 81)
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Yangi Zelandiya uchrashuvi 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.