Boks/MMA

Bugun Polshada yoshlar o’rtasidagi jahon chempionati o’z yakuniga etadi.

720

Kun davomida yigitlar o’rtasida final janglari tashkil etiladi va unda ikki nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko’tariladi. 

-52 kg: SHahzod Muzaffarov – Evgeniy Jorov (Rossiya) (19:15 dan so’ng)

+91 kg: Jahongir Zokirov – Xovanes Papazyan (Armaniston) (21:15 dan so’ng)

Malumot o’rnida shuni qo’shimcha qilishimiz lozimki, yarim final janglarida -81 kg vaznli bokschimiz SHohjahon Abdullaev 3:2 hisobida g’alaba qozongandi. Ammo jangdan so’ng chernogoriyalik bokschining murabbiylari tomonidan protest berildi va hakamlar qo’mitasi chernogoriyalik bokschining foydasiga qaror chiqardi. SHu tariqa, SHohjahon bronza medali bilan kifoyalanadigan bo’ldi. 

Eslatib o’tamiz, kecha qizlar o’rtasidagi bellashuvlar yakuniga etdi va bahslar yakuniga ko’ra qizlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. 

Bugun o’tkaziladigan janglarda bokschi yigitlarimizga omad tilaymiz!

Fikr bildirish