Rejaga ko’ra, bugungi kun janglari soat 18:00da (O’zbekiston vaqti bilan 21:00) boshlanadi. Kun davomida faqatgina bir bokschimiz ringa ko’tariladi. -67 kg vaznli yosh va istedodli bokschimiz Asadxo’ja Mo’ydinxo’jaev irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi jang o’tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 22:30dan so’ng boshlanadi.
Bugun o’tkaziladigan jangda Asadxo’jaga omad tilab qolamiz. JCH barcha o’zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli kechsin. Boshladik!