Boks/MMA

Bugun tongda Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida o’tkazilgan UFC Fight Night 198 turniri ishtirokchilarining kafolatlangan gonorarlari elon qilindi.

429

Qizig’i shundaki, eng katta gonorar odatga ko’ra markaziy jang ishtirokchilariga tegmagan. Markaziy jangda oktagonga ko’tarilgan va ochkolar hisobiga ko’ra Ketlin Viyeraga imkoniyatni boy bergan Misha Teyt 121 ming dollar gonorar bilan ro’yxatda ikkinchi bo’ldi. Umumiy summadan 110 ming dollarini u turnirda qatnashgani uchun, qolgan 11 mingini bir hafta avval “avans” sifatida olgan edi. 

Oqshomning eng katta gonorari Rani Yaxyaga nasib qildi. Rani 125 000 dollarga ega bo’ldi. Yaxya 52 000 dollarni turnirdagi ishtiroki uchun qo’lga kiritgan bo’lsa, qolgan yarmiga esa jangdagi g’alabasi sabab ega chiqdi. 

Gonorar miqdori bo’yicha uchinchi o’rin Misha Teytdan ustun kelgan Ketlin Viyeraga nasib etdi. U bugungi oqshomdan 106 000 dollar ishlab oldi. Tayla Santos 98 500, Maykl Keza 96 000, Adrian Yanez 94 500, Deyvi Grant 78 000, Joann Kaldervud esa 71 000 dollar gonorarga ega bo’ldi. 

Fikr bildirish