U-23 Osiyo chempionati. Toshkentda saralash bosqichiga qura tashlanmoqda
Teglar : U-23 Osiyo chempionatiqura
Bugun Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga qura tashlanadi.
Qura jarayoni "Bunyodkor" stadionida 9 iyul kuni soat 12:00da boshlanadi. 42 ishtirokchi jamoa G’arb va SHarq mintaqalariga bo’lingan holda saralash bosqichida qatnashadi. Qura natijalariga ko’ra jamoalar 11ta guruhda 15ta yo’llanma uchun kurash olib borishadi.
O’zbekiston terma jamolasi final bosqichi mezboni sifatida to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmaga ega bo’lgan. SHunga qaramay vakillarimiz saralashda ishtirok etishadi va har qanday holatda final bosqichiga chiqadi. Saralash bahslari 23-31 oktyabr kunlari markazlashgan holda o’tkazilishi rejalashtirilgan.