“Muxlislar “Neftchi”ning Superligaga qaytishini ko’zda yosh bilan kutdi, 2022 yil Farg’ona yili bo’ladi” – Nosir Otaqo’ziev
Teglar :
Qo’qon-1912 Neftchi“Neftchi Superliga
Bugundan etiboran rasman joriy yilgi Superliga bahslariga start beriladi.
Neftchi Shahzod Ubaydullayev – 89′ |
Superliga. 1-tur 02/03/2022, 18:30 0 1 Tugadi |
Qo’qon-1912
|
45′
90′
17′ Oybek Qilichev25′ Daniel Stoykovich41′ Lutfulla To’rayev (Aleksandar Yeshich)65′ Oybek Qilichev (Sirojiddin Qo'ziyev)65′ Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)65′ Ulug'bek Hoshimov (Marko SHarich)78′ Izzat Abdullaev (Shahzod Ubaydullayev)89′ Shahzod Ubaydullayev90′ Shahzod Ubaydullayev46′ Sanat Shixov (Sardor Azimov)77′ Bilol Toshmirzaev (Jamshid Hasanov)78′ Mo'min Meliev (Shahzodbek Nurmatov)83′ Oybek Rustamov
Match-senterda ochish
Birinchi turning ilk kunida Farg’onada ikki azaliy raqib "Neftchi" va "Qo’qon-1912" to’qnash kelsa, ilk bor elitada ishtirok etayotgan "Olimpik" Toshkentda "Surxon"ni qabul qiladi. O’z-o’zidan malumki barchaning diqqat etibori Yaypanda bo’lib o’tadigan vodiy derbisiga qaratiladi. O’zbek futbolida o’z nomiga ega klub "Neftchi"ning uch yildan so’ng yana kuchlilar safiga qaytgani mahalliy muxlislarni xursand qilgani shubhasiz. SHu bois bugun Farg’onada haqiqiy futbol bayramini ko’rsak ajablanmaymiz.
Albatta qura tashlangan vaqtdanoq hamma mazkur uchrashuv haqida turlicha fikrlar bildirdi, taxminlar yangradi. Biz esa mutaxassisga yuzlanishga qaror qildik. Bu borada o’z vaqtida ikki jamoada to’p tepgan, hozirda Farg’ona futbol associaciyasi vice-prezidenti Nosir Otaqo’ziev mulohazalari bilan bo’lishdi.
– Bugun start oladigan mavsum murosasiz va juda qiziqarli o’tishi aniq. Har bir o’yinda jamoalar muxlislarni xursand qilish uchun harakat qiladi. Vodiy derbisiga esa ortiqcha tarif berish shart emas. Bir so’z bilan aytganda haqiqiy derbiga xos o’yin kutmoqda.
Nosir Otaqo’ziev uchrashuv oldidan ikki jamoaning imkoniyatlarini chamalashga harakat qilib ko’rdi. Mutaxassis fikri davomida jamoalar amalga oshirgan transferlarga ham alohida to’xtaldi.
– Bugun birinchi tur. Hamma narsa bo’lishi mumkin. Bir narsani aniq ayta olamanki, ikki jamoa bir-biriga murosasiz o’yin taklif qiladi. "Neftchi" qishda yaxshi transferlarni amalga oshirdi. O’ylaymanki, yangi qo’shilganlar o’zini oqlaydi. "Qo’qon-1912"ning yarim himoyasiga avval to’p tepgan etakchilar Quvondiq Ro’ziev, Javohir Sidiqov qaytdi. Tarkibida Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov kabi tajribali futbolchilarni saqlab qoldi. "Neftchi" Lutfulla To’raev, Abror Ismoilov, Mirzohid G’ofurov singari ijrochilar bilan yuqori maqsadlar sari intiladi, deb o’ylayman.
"Neftchi"ning Superligaga qaytishini futbol ommasi boshqacha kayfiyat va quvonch bilan qabul qildi, deya olamiz. Nosir Otaqo’zievning bu boradagi fikri qanday?
– Butun Farg’ona xalqi, muxlislar ushbu voqeani 3 yil ko’zida yosh bilan kutdi. So’zsiz katta bayram bo’ladi. 2022 yil xudo xohlasa Farg’ona yili bo’ladi. Hammani Superliga starti bilan tabriklayman va omad tilayman.
Olimpik
|
Superliga. 1-tur 02/03/2022, 18:30 0 0 Tugadi |
Surxon
|
45′
90′
46′ Temur Mamasidiqov (Bektemir Abdumannonov)46′ Abubakr Rizo Turdaliev (Muhammadqodir Hamraliyev)58′ Farruh Muxtorov (Davron Anvarov)74′ Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G'iyosov)79′ Muhammadqodir Hamraliyev23′ Baxtiyor Qosimov55′ Boburjon Akbarov61′ Luis Migel Kesada64′ Nuriddin Hasanov (Miroslav Markovich)69′ Luis Migel Kesada (Abdulaziz Yusupov)69′ Murod Bobojonov (SHarofiddin SHobirov)
Match-senterda ochish
– Toshkentdagi "Olimpik" – "Surxon" uchrashuvi haqida gapiradigan bo’lsam, o’yin teng kurashlar ostida kechishi mumkin. CHunki termizliklar tarkibida tajribali futbolchilar ko’p. "Olimpik"da iqtidorli yoshlar jamlangan. Bu degani yoshlar ko’p harakatda bo’lishadi. Tajribali ijrochilar kam va aniq harakat qiladi. Bir narsani takidlashim shart, ilk turlarda kutilmagan natijalar guvohi bo’lishimiz hech gapmas.
Muallif : Iskandarov Abdulaziz