Futbol

“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

16



“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

“Bunyodkor” futbol klubiga yangi prezident tayinlandi

Teglar : 
Bunyodkor
“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda klub moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari ushbu yig’ilishda, Kuzatuv kengashi azolari tomonidan klubga yangi prezident tayinlash masalasi ham ko’rib chiqildi va nafaqat O’zbekistonda, balki Osiyoda ham o’z nomi va o’rniga ega bo’lgan “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o’zgarish ro’y berdi.

“O’zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullaev rasman “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti etib tayinlandi.

O’z navbatida, Abdullaev Mehriddin Razzoqovichga “Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimi davrida katta omad va zafarlar tilab, ularning rahbarligi ostida “Bunyodkor” o’zining shonli tarixi qaytishiga, jamoamiz yana chempionlik uchun kurashishiga, Osiyo chempionlar ligasida yana muntazam tarzda to’p surishiga ishonamiz!

Malumot uchun: Mehriddin Abdullaev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug’ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O’zbekiston milliy banki va O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Fikr bildirish