Futbol

“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so’zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

62



“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so'zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

Intervyu. Dilshod Ahmadaliev: “Oxirgi marotaba iyun oyida maosh oldik. Ayni paytda holat zo’r emas”

Teglar : 
intervyuDilshod Ahmadaliev Bunyodkor
“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so’zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

Albatta, bu o’z-o’zidan jamoaning ichki muhitiga va futbolchilarning kayfiyatiga tasir qilishi turgan gap. Tabiiyki, bunday holat natijalarning pasayishiga va barqarorsizlikka olib  keladi. Futbolda maydon tashqarisidagi ro’y berayotgan voqealar maydon ichidagi jarayonga bevosita o’z tasirini o’tkazishi sir emas. Xo’sh, klubda shu kungacha biror o’zgarishlar bo’ldimi? Bundan keyin natijalar qanday ko’rinish oladi? Bu borada jamoaning mahoratli futbolchisi Dilshodbek Ahmadalievni suhbatga chorladik.

– So’nggi paytlarda “Bunyodkor” atrofida klubdagi vaziyat bilan bog’liq muammolar haqida gaplar tarqagani yo’q. Maosh, ovqatlanishda muammolar borligi haqida eshitgandik. Bugungi kunda vaziyat qanday?

– Ha, muammolar bor. Agar bo’lmaganida bunday gaplar tarqalmas edi. Maosh masalasiga kelsak, oxirgi marotaba iyun oyida maosh olganmiz. To’g’risi, ovqatlanish yaxshi emas. Oshpazlar qo’lidan kelgancha harakat qilib nimadir tayyorlab berishadi. Qachon pul o’tkazib berishsa hamma narsa bo’ladi deyishmoqda. Lekin, mavsum boshidan beri shu ahvol.

– Superliganing oxirgi ikki turida jamoa muhim bo’lgan ochkolarni yo’qotdi. Turnir jadvalida ham pastga tushdi. AGMK bilan o’yinda durang va Qo’qonda g’alabani qo’ldan chiqardi. Bu yuqoridagi omillarning tasirimi?

– Ha, bu narsalar futbolchilarga ham, jamoa o’yiniga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Agarda bu muammolar bo’lmaganida faqat futbol va o’yinlarga etibor berar edik.

– FIFA kunlarida mashg’ulotlar qanday ruhda ketmoqda? Jamoada ichki muhit va  kayfiyat qanday?

– To’g’risi, ko’pchilikda kayfiyat yo’q desa ham bo’ladi. Mashg’ulotlar ham shunga yarasha o’tyapti.

“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so'zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

– Jamoaning hozirgi holati va imkoniyati sovrinli o’rinlar uchun kurashishga etadimi?

– Jamoaning holati zo’r emas. O’zimiz, futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda harakat qilib sovrinli o’rinlarni egallashga harakat qilamiz.

– Faoliyatingiz davomida “Bunyodkor”da uchta murabbiy bilan ishladingiz. Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov. Qaysi mutaxassis davrida o’sishga erisha oldim deb o’ylaysiz?

– Menimcha, bu uch murabbiy davrida ham bir xil o’ynadim deb o’ylayman. Har bir murabbiyning o’z uslubi bor.

– “Bunyodkor”da Mirjalol Qosimov davrida ham o’ziga yarasha qiyinchilik va muammolar bo’lgan. Hususan Abramov boshqaruvida ham shu holat kuzatilmoqda. Bu ikki murabbiy futbolchilarni qanday ruhlantira oladi?

– Murabbiylar vaziyatni tushuntirishadi. Har qanday holatda ham o’z ishimizni qilishimiz kerakligini takidlashadi.

– Bilishimizga qaraganda, mavsum boshida jamoani tark etishga yaqin kelgan ekansiz. Xorijda to’p tepish rejangiz bormi?

– CHetdan takliflar hozircha yo’q. Keyingi mavsumni Superliganing boshqa klubida davom ettirsam kerak. Ha, bu yil jamoani tark etishim mumkin edi. Lekin, shartnomam borligi uchun keta olmadim.                                                                      

“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so'zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Fikr bildirish