Boks/MMA

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

258

Unga ko’ra, reytingdan besh nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan. 

Elon qilingan reytingda Hasanboy Do’smatov birinchi o’ta engil (-48,9 kg) vazn toifasida uchinchi o’ringa joylashgan. U ayni paytda WBA International kamari sohibi bo’lib turibdi.  

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan bokschimiz SHahram G’iyosov Toshkentdagi himoya jangidan so’ng uchinchi o’rinni egallab turibdi. SHohjahon Ergashev esa ettinchi pog’onaga joylashgan. SHahram ayni paytda ushbu vaznda WBA International kamari sohibi hisoblanadi. 

Birinchi o’rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o’rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev (-76,2 kg) esa afsuski kuchli o’n beshlikni tark etdi.   

Fikr bildirish