«PSJ» rahbariyatining ishonchini yo‘qota boshlagan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino uzoq vaqt Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
Daily Star gazetasi jurnalistlarining yozishicha, murabbiyni «Manchester Yunayted» taklif qilishi mumkin. «Qizil iblislar» norvegiyalik Ole-Gunnar Sulsher bilan xayrlashsa, Maurisio nomzodigaham e’tibor qaratadi.
Avvalroq, «Manchester Yunayted» futbolchilari amaldagi murabbiyning iste’fosini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani xabar qilingandi.
Mankunianliklar bosh murabbiyligiga davogarlar orasida Antonio Kontening ham nomi bor.