«Chelsi» qishki transferlar oynasida hech qanday futbolchi bilan imzolamadi. The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «aristokratlar» yozgi transfer oynasi vaqtida “bomba” xaridlarni amalga oshirmoqchi.
Manbaga ko‘ra, “ko‘klar” bir vaqtning o‘zida bir nechta kuchli o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan: Jyul Kunde, Orelyen Tchuameni va Deklan Rays.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi»ning so‘nggi transferi «Atletiko Madrid» klubi tomonidan ijaraga olingan Saul Niges hisoblanadi.