Futbol

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallari noma’lum muddatga qoldirildi

76

Tashkilot saytida xabar qilinishicha, qaror “Yevropada COVID-19 virusi keltirib chiqargan keskin burilish natijasida” qabul qilingan.
Sanab o’tilgan o’yinlarning yangi sanalari haqidagi qaror hali qabul qilinmadi.
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin vakilligi ostida hamda Yevropa futboli manfaatdor tomonlar ishtiroki bilan telefon konferens aloqa orqali o’tgan hafta yaratilgan ishchi guruh mavjud variantlarni tahlil qiladi.
Guruhlar kalendarni ko’rib chiqishga kirishishgan. Yevrokubok finallarini o’tkazishning yangi sanalari haqidagi ma’lumot kechroq beriladi,- deyiladi xabarda.
Ushbu uchrashuvlar avval boshdanoq mayda o’tkazilishi kerak edi
Avvalroq UEFA yevropa klublari turnirlari pley-off uchrashuvlarini keyinga qoldirib, Yevropa-2020 chempionatini bir yilga ko’chirgan edi.

Fikr bildirish